x

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog’an Izmir shahar kasalxonasiga tashrif buyurib, shifoxonani ko’zdan kechirdi. Qolaversa, u yerda davolanayotgan bolalar holidan xabar olib, shifokorlardan yosh bemorlarning salomatligi to’grisida ma’lumotlarni so’radi. 

Bolalar va ularning oila a’zolari bilan bo’lgan suhbatda, davlat rahbari mazkur davolanish maskanini qanday topishgani va xizmat ko’rsatish darajasi sifati haqida ularning fikriga qiziqdi. Bemorlarning yaqinlari shifokor xodimlarga o’z minnatdorligini izhor etib, shifoxona xizmatlaridan mamnun ekanliklarini bildirishdi. 

Diabetik koma tufayli zudlik bilan olib kelingan va hozirda davo muolajalari palatada davom ettirilayotgan Melika Saritash ismli bemorning yaqinlari Prezidentga e’tibor uchun rahmat aytib, farzandi koma holatidan sog’-omon chiqib olgani va hozirda ahvoli yaxshi ekanligini ta’kidlashdi.

Shu bilan bir qatorda, Erdog’an boshqa shu kabi bemor bolalarni ziyorat qilib, sog’ayib ketishlari uchun tilak bildirdi. Tashrif chog’ida Prezidentga  Sog’liqni saqlash vaziri F. Koja, parlament a’zolari va hokimiyat vakillari hamrohlik qildi.

To Top ↑
To Top ↑