x

Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida 6 nafar fuqaro is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, shaharning “Vatan” MFYda joylashgan koʻp qavatli uyda yashagan er-xotin N.M. (1967-yilda tugʻilgan) va Z.M. (1970), ularning qizi D.I. (1994), nabiralari S.M. (2019), M.J. (2017) va M.J. (2021) 26-yanvar kuni tush paytida vafot etgan.

Oʻrganishlar natijasiga koʻra, moʻri isitish qozoni (kotyol)dan nostandart holatda tashqariga chiqarilgan, oqibatda polietilendan ishlangan moʻri qizishi sababli kirishgan joyidan chiqib ketgan. Shu tariqa, xonaga is gazi toʻplanib qolgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki maʼlumotiga koʻra, marhumlarning oʻlimi sababi sifatida is gazidan oʻtkir zaharlanish va oʻtkir yurak nafas yetishmovchiligi koʻrsatilgan.

Tergovga kadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

To Top ↑
To Top ↑