So’nggi ma’lumotlarga ko'ra, boshlang’ich sinf o’quvchilarida semirish biroz pasaygan bo’lsa-da, 10-11 yoshli bolalarda bu ko’rsatkich pandemiyadan avvalgi holatga nisbatan sezilarli darajada o’sgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kovid davrida bolalarning aksariyat qismi uyda o’qitilgan, ko’ngilochar va sport tadbirlar, faol jismoniy harakatlar qisqartirilgan. Jismoniy faollik pasayishi, ekrandan ko’p foydalanish va uyqu jadvali ushbu muammoning asosiy sababi bo’lishi mumkin. Semiz bolalar ko’rsatkichida qizlar ulushi nisbatan kamroq.
Angliyaning bolalar va yoshlar bo’yicha milliy klinika direktori, professor S. Kenni aytishicha, semizlik statistikasi ota-onalar bilan bir qatorda mutaxassislarni ham tashvishga solmoqda. Semizlik insonning har bir organiga ta’sir qiladi. Bola yoshligidanoq ushbu kasallikdan aziyat chekishi ularni 2-toifa diabet, saraton, ruhiy muammolar va boshqa ko’plab kasalliklar xavfini oshirishi, bu esa qisqa va baxtsiz hayotga olib kelishi mumkin”.
Shu bilan bir qatorda, 10-11 yoshli semizlik bilan og’rigan bolalarni umrbod sog’ligini saqlash uchun ketadigan harajatlar 800 million funt sterlingni tashkil qiladi. Bu esa mamlakat miqyosida 8,7 milliart funt sterlingga yetishi soha vakillarini xavotirga solmoqda.