x

Jahon yangiliklari

Amerika Qo’shma Shtatlari Isroil tomonidan bosib olingan G’arbiy sohilda 17 yoshli falastin-amerikalik Tavfiq Ajaqning o’ldirishi bo’yicha tezkor tergov o’tkazishni talab qilmoqda. Bu haqda Al-Jazira nashri xabar berdi.

Tavfiq Ajaq Nyu-Orlean yaqinidagi Luizana shtatida tug’ilgan va o’tgan yili ota-onasi tomonidan G’arbiy sohilga olib ketilgan edi. Bolaning qarindoshi bergan xabarga ko’ra, u do’sti bilan qishloq dalasida taom tayyorlab o’tirgan bo’lgan va isroillik no’malum askar tomonidan o’qqa tutib o’ldirilgan. Isroil hukumati hozirgacha qotil kim ekanligini aniqlagani ham bayonot bergani ham yo’q.

Dushanba kuni Vashingtonda bo’lib o’tgan matbuot brifingida AQSH davlat departamenti matbuot kotibi V. Patel jurnalistlarga Amerika “ushbu qotillikdan ranjiganini” hamda “imkon boricha Isroil hukumati bilan yaqindan hamkorlik qilishda davom etayotganini” bildirdi. Uning qo’shimcha qilishicha, AQSHing Falastin ishlari bo’yicha boshqarma rahbari  T. Ajaqning oilasiga hamdardlik bildirish uchun tashrif buyurgan va elchixona bilan birgalikda ularga yordam berishda davom etadi.

To Top ↑
To Top ↑