Prezidentning tegishli farmoniga asosan Yoshlar siyosati va sport vazirligi negizida Sport vazirligi qayta tashkil etiladi.
Yoshlar ishlari agentligi vazirlik tarkibidan chiqarilib, Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, Yoshlar siyosati va sport vazirligi 2022 yil dekabrdagi ma’muriy islohotlar paytida tashkil etilgan edi.