x

41 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi boshqaruvidagi Mazda CX-7 yuk mashinasi bilan toʻqnashib ketgan va uch kishi vafot etgan.

YTH taxminan 20 yanvar kuni, soat 17:00 larda Gʻarbiy Qozogʻiston viloyatidagi Oqjayq tumani Uralsk-Atirau trassasida sodir boʻlgan, deb xabar bermoqda Orda.kz.

Maʼlum qilinishicha, 41 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi boshqaruvidagi Mazda SX-7 rusumli avtomobil qarama-qarshi yoʻlga chiqib ketib, yuk mashinasi bilan toʻqnashib ketgan.

«Yoʻl-transport hodisasi oqibatida Mazda SX-7 haydovchisi va ikki nafar yoʻlovchi, 1984 yilda tugʻilgan ayol va 2012 yilda tugʻilgan voyaga yetmagan ikkki kishi voqea joyida halok boʻlgan, ularning barchasi bir oila aʼzolari boʻlgan. Mashinada boʻlgan toʻrt kishidan faqat 14 yoshli oʻsmir tirik qolgan. Ayni paytda u tuman kasalxonasiga yoqtizilgan.

 

To Top ↑
To Top ↑