Qiziltepalik ota o‘z qiziga buyragini berdi. RSHTYIM transplantologiya markazi, Qiziltepa TTB va RSHTYIM Navoiy filiali mutaxasssilari hamkorligida o‘tkazilgan buyrak transplantatsiyasi muvaffaqiyatli bajarildi.
Bemor R. Jo‘raqulova ko‘p yillardan buyon buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekib kelayotgan edi. So‘nggi paytlarda esa ahvoli yanada og‘irlashgan edi. Shifoxonaga murojaat qilganida mutaxassislar unga so‘nggi chora sifatida transplantatsiya amaliyotini tavsiya qilishdi.
Donorlik uchun otasi — M. Botirovning tibbiy tahlil natijalari mos keldi. Ota bu tanlov oldida ikkilanmadi va qiziga bir buyragini berishga qaror qildi.
Qiziltepa tumani hokimi Bekzod Bobomurodov Navoiy shahrida bo‘lib, ushbu tumandoshlarimiz holidan xabar oldi. Ularga sihat-salomatlik tiladi.