x

Oxirgi o’nlab yillar mobaynida oilalarni faqat bitta bola ko’rish bilan chegaralab kelayotgan Xitoy yangi murojaat bilan chiqdi. Bu haqda "Bloomberg"  nashri xabar beridUnda mamlakatdagi oilalardan ko’proq farzand ko’rishlari iltimos qilinmoqda.

Buning asosiy sababi nima?

Farzand cheklovlari ostida o’tgan yetti yil davomida tug’ilish soni keskin qisqargan. Bu esa so’nggi ikki yilda aholi soni kamayishga yuz tutdi. Bu hodisadan oldin ham mehnatga layoqatli aholi ko’rsatkichi yillar davomida pasayib kelgan. Taxminlarga ko’ra, 2034-yilga kelib mahalliy aholining 30%ini 60 yoshdan yuqori qatlam tashkil etadi. Hattoki, u qariyalarga g’amxo’rlik qilish uchun layoqatli insonlar yetishmasligi mumkin. Bu holat iqtisodiy o’sish va ishchi kuchiga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. 

Ma’lumot o’rnida, Xitoy aholi soni bo’yicha reytingda yetakchilikni 2023-yildayoq Hindistonga boy bergan.

To Top ↑
To Top ↑