AQSh armiyasining Jinoyat-qidiruv bo’limi (CID) harbiy kollej joylashgan Karlayl kazarmasidagi bolalar bog’chasida bolaga nisbatan teg’ajoqlik qilish hodisasi bo’yicha tergov ishi boshladi. Bu haqda americanmilitarynews.com nashri xabar berdi.
Bolaning ota-onasi ta’kidlashicha, uning 4 yoshli farzandiga Karlayl kazarmasida joylashgan “bolalarni rivojlantirish markazida” bir necha marotaba noo’rin teginishgan. Bog’cha ma’muriyati ushbu hodisa bo’yicha ularni o’z vaqtida xabardor qilmagan. Shuningdek, bu voqea bolaning xulq-atvori va sog’ligiga ta’sir ko’rsatgani da’vo qilinmoqda.
Military.com ga ko’ra, mazkur bog’cha rahbariyati voqeadan xabar topgach, Jinoyat-Qidiruv bo’limi, Bolalarni himoya qilish tashkiloti va Oila markazlariga darhol xabar berilgan. Bayonotda aytilishicha, xavfsizlik rasmiylari ushbu voqeaning videotasvirlarini ko’rib chiqishgan. Hozirda holat bo’yicha tergov ishlari olib borilmoqda.