Hindistonda maktab oʻquvchilari oʻtirgan qayiq agʻdarilib ketdi, bir necha kishi vafot etgan.
Mahalliy OAV xabariga koʻra, Hindistonning Gujarat shtatidagi Vadodara shahri chekkasidagi Harni Motnat koʻlida maktab oʻquvchilari boʻlgan qayiq agʻdarilib ketgan.
Hozirda qutqaruv ishlari davom etmoqda. Xabar qilinishicha, qutqaruvchilar besh kishini qutqarishga muvaffaq boʻlishgan, biroq kamida olti kishi halok boʻlgan, qurbonlar soni ortishi kutilmoqda. Bolalar xususiy maktabda oʻqishgan va sayohatga chiqishgan boʻlgan. Voqea guvohlarining taʼkidlashicha, yoʻlovchilarning hech biri qutqaruv jiletini kiymagan.
Gujarat taʼlim vaziri Kuber Dindoor IndiaTVNews telekanaliga shunday dedi: “Men hozirgina maktab oʻquvchilarini olib ketayotgan qayiq koʻlga agʻdarilib ketishi natijasida olti bola halok boʻlganini bildim. Qutqaruv ishlari davom etmoqda. Tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy kuchlari va oʻt oʻchirish brigadalari boshqa idoralar bilan hamkorlikda ishlamoqda”.