Jahon yangiliklari
So’nggi yillarda tug’ilish soni keskin kamayib bormoqda. 1950-yillarda bitta ota-ona o’rtacha 4,7 bolaga ega bo’lgan bo’lsa, yaqin yillarga kelib bu ko’rsatkich 2,4 bolani tashkil etmoqda. O’rtacha raqamlar mintaqa, joylashuv, aholi va boshqa sabablarga ko’ra farq qilishi mumkin. Rivojlanish darajasi yuqori bo’lmagan davlatlar nisbatan ko’proq tug’ilish ko’rsatkichiga ega – 4,0. Agar, tug’ilish darajasi 2,1 dan pasaysa aholi soni kamayib ketishni boshlaydi.
Worlpopulationreview.com saytidagi ma’lumotlarga ko’ra, bugungi kunda dunyoda 14 yoshgacha bo’lgan bolalar soni qariyb 2 milliardni tashkil etmoqda. Va bu dunyo aholisining deyarli 25%idir. Tug’ilish darajasining pasayishi tufayli bolalar soni 2050-yilda 2,06 milliardga yetib, 2100-yilda 1,9 milliardga pasayishi kutilmoqda.
Hozirda O’zbekiston aholisi soni 36,8 million kishini tashkil etmoqda. 2022-yildagi ma’lumotlarga ko’ra, yurtimizdagi 14 yoshgacha bo’lgan bolalar ko’rsatkichi 10,5 million edi. O’sha yilgi natijalarga ko’ra, bolalar sonining aholi soniga nisbati bo’yicha dunyo reytingida 30,2% bilan 71-o’rinni band qilgan.
Ma’lumot o’rnida, 2023-yilda yurtimizda 961,962 nafar chaqaloq dunyoga kelgan.