x

Jahon yangiliklari

Xitoyning Xubey provinsiyasi politsiya xodimlari 5 yoshli bolaning halolligidan hayratda qolishdi.

Gap shundaki bogʻda oʻynab yurgan bolakay  uyali telefon topib oldi. Bola telefonni oʻzlashtirishga urinmadi, yaʼni u birovning mulki ekanligini angladi. Kichkintoyning yana bir zukkoligi telefonni politsiyaga topshirish kerakligini bilgani, qoyilmisiz?

Halol bolakay mukofotsiz qolmadi. Koʻp oʻtmay, rasmiylardan biri bolaning bogʻchasiga kelib, unga politsiya formasi kiygan panda oʻyinchogʻi, faxriy yorliq sovgʻa qildi. Bola sovgʻalardan juda mamnun boʻldi.

To Top ↑
To Top ↑