x

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida uning roziligisiz ota-onasi unashtirgan qiz murojaat bilan chiqdi.

Xabar berilishicha, 15-yanvar kuni bolalar ombudsmaniga Shahrisabz shahrida yashovchi, 2006-yilda tug‘ilgan qiz M.M.dan murojaat kelib tushdi. 16-yanvar kuni bolalar ombudsmani qizning o‘zini shaxsan qabul qilib, uning murojaati mazmuni bilan tanishdi.

M.M.ning aytishicha, hozirda u universitetning 1-kursida o‘qimoqda va o‘qishini davom ettirish niyatida. Bir necha yildan buyon tanishi bo‘lgan O.B. (yigit) unga turmushga chiqishga undab, turli shaklda bosim o‘tkazib kelmoqda. O.B.ning va M.M.ning ota-onalari o‘zaro kelishib, qizning roziligisiz unashtiruv marosimini o‘tkazgan bo‘lib, hozirda O.B. tomonidan unga turmushga chiqishga undab, ruhiy bosim o‘tkazilmoqda.

Mazkur holat bolalar ombudsmani tomonidan alohida kuzatuvga olinib, tezkor ravishda prokuratura va ichki ishlar organlari tomonidan o‘rganildi. Hozirda O.B. va qizning ota-onasi ayolni turmushga chiqishga majburlash harakati jinoiy javobgarlikka asos bo‘lishi haqida ogohlantirilib, buning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

Shuningdek, M.M.ga ichki ishlar organlari tomonidan himoya orderi taqdim etilib, uning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

To Top ↑
To Top ↑