x

National Literacy Trust o’tkazgan tadqiqot natijalariga ko’ra, Buyuk Britaniyalik qariyb 1 million bolaning uyida shaxsiy kitoblari yo’q. 

So’rovnomada ishtirok etgan 5 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bolalarning 8,6 foizi uyida kitoblari umuman yo’q ekanligini ta’kidlashgan. 

“Kitobsiz” bolalarning asosiy qismini maktabda bepul ovqat oluvchilar tashkil etadi va ular farqli tengdoshlariga nisbatan 2 barobarga ko’p. Oxirgi 10 yil ichida ushbu tafovut sezilarli darajada oshgan. Bu holatni mamlakatda oziq-ovqat narxlari, kommunal to’lovlar narxlari qimmatlagani bilan izphlash mumkin. Oila byudjetiga bosimni oshirayotgan chiqimlar kitobxonlikni qo’llab-quvvatlashga salbiy ta’sir ko’rsatishi ham hisobotda aytib o’tilgan.

So’nggi NLT tadqiqot natijalari shuni ko’rsatmoqdaki, yashash narxining oshishi tufayli moliyaviy tomonlama qiynalayotgan oilalarning 36%i o’z farzandlariga kitoblar uchun kamroq pul sarflaydi.

Qolaversa, yakuniy xulosalardan qiz lar o’gil bolalarga nisbatan ko’proq kitonbga egaligi, Londanda istiqomat qiluvchi yosh bolalar qatlamining kitobxonligi yuqoriroq ekanligi, mamlakatdagi bolalarning 90% dan ortig’i shaxsiy kitoblarga ega ekanligini bilib olishimiz mumkin. Britaniyada kitobxonlikka e’tibor kuchli bo’lgani uchun yuqoridagi holatlar xavotirli deb baholanadi. 

NLT kam ta’minlangan va sharoiti og’ir bolalarni kitoblar bilan ta’minlash uchun Rojdestvoda mablag’ yig’ish ishlarini amalga oshiradi. “Qariyb bir million bolaning yaqinlari bilan birga o’qish va zavqlanishi uchun kitoblari bo’lmasligi bu juda daxshatli”,- deydi NLT bosh direktori J. Duglas

To Top ↑
To Top ↑