2024 yil 1 yanvardan boshlab Bolalar uylari, Mehribonlik uylari, Bolalarni himoya qilish sho`'balari hamda oilaviy bolalar uylari Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimiga o`tkazildi. Bu O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko`rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo`lga qo`yish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar to`g`risidagi” farmoniga asosan amalga oshirildi.
Shu paytga qadar Bolalar uylari Sog`liqni saqlash vazirligi tizimida, Mehribonlik uylari Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimida, Bolalarni himoya qilish sho`'balari hamda oilaviy bolalar uylari esa mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida bo`lgan.
Ushbu muassasalarni Agentlik tizimiga o`tkazishdan asosiy maqsad, aholini ijtimoiy himoyalash yo`nalishida yagona davlat siyosati va boshqaruv tizimini yaratishdir.