x

Jahon yangiliklari

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyada koʻp bolalilik urfga qoʻyilganidan xursand ekanligini aytdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

10-yanvar kuni Rossiya davlati rahbari Chukotka avtonom okrugiga borgan.

Putin tez orada koʻp bolali oilalar uchun yagona federal maqom oʻrnatish boʻyicha topshiriq bergan. Shuningdek, koʻp bolali oilalar anʼanasini qayta tiklash muhimligini taʼkidlab, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga maksimal darajada eʼtibor qaratishga chaqirgan.

Eslatib oʻtamiz, 2023-yil yakunlariga koʻra, Rossiyada soʻnggi 25 yil ichida tugʻilishning eng kam koʻrsatkichi qayd etilishi mumkinligi aytilgandi.

To Top ↑
To Top ↑