x

Oʻzbekiston aholisi soni kuniga 2,1 ming kishiga oshayotgani bildirildi. Shuningdek, 1-yanvar holatiga respublikaning doimiy aholisi soni maʼlum qilindi.

2024-yilning 1-yanvar holatiga respublikaning doimiy aholisi 36 799 756 kishini tashkil etgan, deb xabar bermoqda Statistika agentligi matbuot xizmati.

Respublikaning doimiy aholisi soni oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 % ga oshgan. Mamlakat aholisi 2023-yil boshidan buyon 774,8 ming kishiga koʻpaygan.

Oʻzbekiston aholisi 2023-yilning har bir oyida oʻrtacha 64,6 ming kishiga oshgan. 2023-yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 2,1 ming kishiga koʻpaymoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda 20 foiz aholi semizlikdan aziyat chekishi haqida statistika eʼlon qilingandi.

To Top ↑
To Top ↑