Oʻzbekistonda qaysi oylarda koʻproq tugʻilish boʻlgani maʼlum qilindi. Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonda 887 424 nafar tirik tugʻilish qayd etilgan.
2023-yilning 11 oyida oylar kesimida qayd etilgan tugʻilishlar soni:
- yanvarda – 76 211 nafar
- fevralda – 64 879 nafar
- martda – 73 948 nafar
- aprelda – 65 787 nafar
- mayda – 81 138 nafar
- iyunda – 72 609 nafar
- iyulda – 95 374 nafar
- avgustda – 97 310 nafar
- sentyabrda – 89 629 nafar
- oktyabrda – 90 451 nafar
- noyabrda – 80 088 nafar
Eslatib oʻtamiz, avvalroq 2024-yilning ilk kunida qancha chaqaloq dunyoga kelgani haqida maʼlumot bergandik.