x

Jahon yangiliklari

Amerikalik o'smir Uillis Gibson 2023-yilning 21-dekabr kuni Tetris o'yinining so'nggi bosqichigacha borib g'alaba qozongan ilk "geymer"ga aylandi.

U so'nggi bosqichgacha bordi va video o'yin "buzilib qoldi". Ya'ni o'yinchi tartib bilan joylashtirishi uchun tepadan tushib keladigan turli shakllarning "oqimi" to'xtab qoldi.

Ko'pchilik Tetris'ni oxiri yo'q yoki yutib bo'lmaydigan o'yin degan farazga ega edi. Ammo 40 yillik tarixga ega ushbu o'yinning oxiriga yetgan 13 yoshli Uillis imkonsiz ishning o'zi yo'qligini isbotladi.

Tetris video o'yinini ishlab chiqqan kompaniya bosh direktori Mayya Rojers Uillis Gibsonni bu g'alaba bilan tabrikladi va alohida e'tirof etdi.

To Top ↑
To Top ↑