x

Mahalliy yangiliklar

Namangan shahar hokimi Anvarjon Otaxo‘jayev 31-dekabr kuni shahar bolalar shifoxonasida bo‘lib, bemorlarni yo‘qladi.

Shifoxonada bugungi kunda 400 nafar bola davolanmoqda. Ularning barchasi uchun erta tongdan bayram sovg‘alari keltirildi.

“Bayram bolalarniki, ular shifoxonada ham buni unutmasliklari kerak. Agar shu bahona chekayotgan dardlarini biroz bo‘lsa ham aritsak, vazifa uddalandi desak ham bo‘ladi”, — dedi shahar hokimi.

Anvarjon Otaxo‘jayev mutasaddilar bilan birgalikda palatalarni aylanib, bolalar va ularning onalaridan hol-ahvol so‘radi. Qorbobo va Qorqiz hamrohligida bayram sovg‘alarini topshirdi.

Shahar shifoxonasi hududiga katta doshqozon o‘rnatilib, bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun 60 kilogramm palov tayyorlandi.

To Top ↑
To Top ↑