x

Oila va xotin-qizlar qo`mitasining bo`ysunuvi Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o`tkazildi. Bu haqda joriy yilning 21 dekabr' kuni “Oila va xotin-qizlar qo`mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko`ra, Oila va xotin-qizlar qo`mitasining bo`ysunuvi Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o`tkazildi. 

Qo`mita faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:

  • Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir o`rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo`mitasi raisi lavozimi joriy etildi.
  • Shuningdek, Qo`mita raisi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan:
  • Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o`rinbosari – Qoraqalpog`iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo`mitasi raisi lavozimi;
  • viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o`rinbosarlari – viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari lavozimi;
  • tuman (shahar) hokimlarining o`rinbosarlari – tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo`limlari boshliqlari lavozimi kiritildi.

Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti negizida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.

Ma'lumot uchun, hozirda Bosh vazir o`rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo`mitasi raisi Zulayho Mahkamova hisoblanadi.

To Top ↑
To Top ↑