x

Mahalliy yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Kobalt” avtomobilining gaz balloni portlashi bilan bogʻliq xabar yuzasidan Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati maʼlumot berdi.

Unga ko'ra, 2023-yilning 24-dekabr soat 09:50 larda fuqaro F.D oʻz boshqaruvida boʻlgan, “Kobalt” rusumli avtomashinasi bilan  Qiziltepa tumanidagi “Burger” kafesi oldidagi avto turargohda boʻlgan vaqtda avtomashinaga oʻrnatilgan “Metan gaz” balloni portlab ketishi natijasida haydovchi F.D va uning 3 yoshlik voyaga yetmagan farzandi R.Sh turli darajadagi tan jarohatlari olib, tuman Tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Voyaga yetmagan R.Sh ga koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan u shifoxonaning jonlantirish boʻlimida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan Qiziltepa tumani IIB tergov boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

"Barcha fuqarolardan avtomashinalarga gaz ballonlarini oʻrnatishda uning texnik jihatdan sozligi va toʻgʻri oʻrnatilishiga katta eʼtibor qaratishlarini soʻraymiz", – deyiladi axborot xizmati xabarida.

To Top ↑
To Top ↑