Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 44 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ikki nafar 4-sinf o‘quvchisini zo‘rlaganlikda gumonlanib qo‘lga olindi.
Qo‘lga olingan shaxs 18-dekabr kuni ertalab Pushkinskaya ko‘chasida maktabga ketayotgan qizlarga shahvoniy xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlarini sodir etganlikda gumon qilinmoqda.
O‘zbekiston fuqarosi izolyatorga joylashtirilgan. Hodisaning barcha holatlariga oydinlik kiritilmoqda.
Sankt-Peterburg bo‘yicha Tergov qo‘mitasining Bosh tergov boshqarmasining tergov organlari ushbu fakt bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Ayblanuvchiga nisbatan ayblov e’lon qilingan va tergov talabiga binoan u sud tomonidan hibsga olingan.