x

Mahalliy yangiliklar

23-dekabr kuni Toshkent shahrida “Yil ayoli” milliy koʻrik-tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

“Yil ayoli” unvonini Jizzax shahridagi 26-umumtaʼlim maktabi boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Roʻzigul Orziqulova qoʻlga kiritdi. Unga avtomobil kalitlari prezident sovgʻasi sifatida topshirildi.

Maʼlumot uchun, “Yil ayoli” koʻrik-tanlovi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga salmoqli hissa qoʻshayotgan, turli sohalarda mehnat qilayotgan, oilada va farzand tarbiyasida oʻrnak boʻlayotgan ayollarni qoʻllab-quvvatlash, faollik koʻrsatish maqsadida har yili oʻtkazib kelinmoqda.

Mazkur tanlovda mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar korxona, tashkilot, muassasalarda mehnat qilayotgan ayollar, hatto uy bekalari ham ishtirok etishlari mumkin.

To Top ↑
To Top ↑