Ijtimoiy tarmoqlarda Sog‘liqni saqlash vaziri aliment to‘lamay yurgani haqida xabarlar tarqaldi. MIB mazkur xabarlar yuzasidan izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, xabardagi 20012307105901-sonli ijro ishi yo‘l harakati qoidalari buzilgani uchun fuqaro A.I.dan maʼmuriy jarimani undirish bilan bog‘liq bo‘lib, aliment undiruviga doir ijro ishlari toifasiga kirmaydi.
Qayd etilishicha, byuroning Buxoro viloyat boshqarmasi va uning hududiy tuzilmalarida Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovdan aliment undirish bilan bog‘liq hujjatlar mavjud emas. Hozirda, ushbu maʼmuriy jarimani undirish choralari ko‘rilmoqda.