Ijtimoiy tarmoqlarda oʻqituvchi sinfdoshlari koʻz oʻngida oʻquvchisini bir necha bor urgani aks etgan video tarqaldi. Ma'lum bo'lishicha, holat Qashqadaryo viloyatining G'uzor tumanida sodir bo'lgan.
Xususan, G'uzor tumani hokimligi holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruvlar oʻtkazilayotganini xabar qilgan.
Shuningdek, Bolalar ombudsmani vaziyatni o‘rganib, ushbu voqea yuzasidan 2023-yil 20-dekabr kuni Gʻuzor tumanida yashovchi J.O‘. Gʻuzor tumani IIBga o‘g‘li E.S ni uning sinf rahbari dars jarayonida urganligi yuzasidan ariza bilan murojaat qilganini aniqlagan.
Ma'lum bo'lishicha, 2023-yil 18-dekabr kuni Gʻuzor tumanida joylashgan 40-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining dars mashg‘uloti davomida, 2014-yil tug‘ilgan, 3-sinf o‘quvchisi E.S ni dars mashg‘uloti davomida uning sinf rahbari A.X. urgan.
"Yana bir bor ta’kidlaymiz, ta’lim muassasalarida bolalarga nomaqbul muomalada bo‘lish holatlari javobsiz qolishi mumkin emas. Bunga yo‘l qo‘yganlarga nisbatan tegishli javobgarlik choralari qo‘llanilishi zarur", – deydi Oliy Majlisning bola huquqlari bo'yicha vakili.