Isroil armiyasining G‘azoga 75 kunlik hujumlari haqida ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, 7-oktyabrdan beri Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 20 mingdan oshgan, ulardan kamida 8 ming nafari bolalar, 6 ming 200 nafari esa ayollardir.
Bayonotda Isroil hujumlari oqibatida vayron bo‘lgan binolar vayronalari ostida bedarak yo‘qolganlar soni 6 ming 700 nafarni tashkil etib, ularning 70 foizi ayollar va bolalar ekanligi ta’kidlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilning G‘azodagi hujumlari oqibatida yaralanganlar soni 52 ming 600 dan oshgan.