x

Mahalliy yangiliklar

Habaringiz bor, 2021 yilning noyabr' oyida poytaxtimiz Toshkent shahrida erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta'lim berish bo`yicha II Butunjahon konferentsiyasi o`tkazilgan edi. Kecha, 29 mart kuni UNESCOning Parijdagi bosh ofisida ushbu konferentsiyaga bag`ishlangan axborot sessiyasi bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

Vazirlik matbuot xizmatining xabarberishicha, sessiyada UNESCO Bosh direktorining o`rinbosarlari S.Djanini va E.Matoko, Maktabgacha ta'lim vaziri A.Shin boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi, shuningdek, UNESCOga a'zo mamlakatlarning 100 dan ortiq vakillari ishtirok etishdi.

Axborot sessiyasida UNESCOga a'zo mamlakatlar vakillari O`zbekistonda maktabgacha ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, bo`lajak Konferentsiyaga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha ko`rilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishtirildi.

UNESCOga a'zo mamlakat vakillari so`zga chiqqanlarning ma'ruzalarini iliq kutib olishdi. Shuningdek, O`zbekistonda maktabgacha ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan ijobiy o`zgarishlarni yuqori baholab bo`lajak konferentsiyada o`z delegatsiyalarining ishtirok etishidan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

To Top ↑
To Top ↑