Maʼlumotlarga koʻra, Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi maktablardan birida 16 yoshli oʻquvchi yigit shu yilning 4-iyul kuni soat 16:00 larda tengdoshi bilan uni soʻkkani uchun mushtlashadi. Hamrohlari ularni oʻsha kuni tinchlantiradilar.
Biroq, shu kuni kechqurun ular oʻzaro telefon orqali gaplashib, bir-biriga haqoratli soʻzlar aytishi oqibatida yana mushtlashuvga kelishiladi. Ushbu mushtlashuvga yonida pichoq bilan borgan 16 yoshli oʻsmir tanishining bel sohasiga zarba beradi. Ekspertiza xulosasiga koʻra, pichoqlangan yigitning jarohati “hayot uchun xavfli” deb topiladi.
Holat yuzasidan Jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tumani sudi ayblanuvchini Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismida keltirilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 85-moddasi tartibida 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan. Jazoni tarbiya koloniyalarida oʻtash belgilangan.