x

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Direktorlar kengashi” aʼzolari uchun “Zamonaviy taʼlim – direktorlar nigohida” mavzusida seminar-treninglar oʻtkazildi.

Tadbirda vazir Hilola Umarova  ishtirok etib, ushbu islohotning ahamiyati haqida soʻz yuritdi:

“Tizimda amalga oshirilayotgan koʻplab islohotlar bugun taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda. Yangi loyihalarni joriy etmoqdamiz, yangi marralar tomon intilmoqdamiz. Bu yoʻldagi tashabbuslarimizdan biri – endi maktab direktorlarini tayyorlash va ularni lavozimiga tayinlashda shaffof tizim joriy etiladi. Bu taʼlim tizimini rivojlantirish, oʻz oldimizga qoʻygan maqsadlarimizga erishishda katta ahamiyatga ega. 

Shuningdek, har bir direktor endi doimiy ravishda oʻz ustida ishlab, malaka oshirishi va maktab boshqaruviga oid yillik rejalarini taqdim etishi lozim boʻladi. Bugungi trening ayni shu yoʻlda yana bir qadam boʻladi, deb oʻylayman.

Tizimni bir kunda oʻzgartirib boʻlmaydi. Lekin bir jamoa boʻlib harakat qilsak, albatta rejalarimizni roʻyobga chiqara olamiz”, – dedi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri.

To Top ↑
To Top ↑