x

Horazmdagi bog`chalardan birida tarbiyachilarning bolalarni oyog`i bilan tepib, hatto tayoq bilan urib mashg`ulot o`tkazishayotgani aks etgan videoyozuvlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Videoda muassasa tarbiyachilaridan biri bolalarning qulog`idan tortib, ularni sudragan va elka qismlariga urgan.

Bolalar ombudsmaniga ko`ra, holat viloyatning Urganch tumani Chondirqiyot qishlog`i Tadqiqotchilar mahallasida joylashgan 23-sonli MTMda bo`lib, bunda tarbiyachi R.G. va yordamchi tarbiyachi A.M. tarbiyalanuvchilar R.S., M.S., U.Z., S.T.larga nisbatan turtish, tepish, qulog`idan tortish, boshiga urish kabi nomaqbul xatti-harakatlar sodir qilgan.

Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining ma'lum qilishicha, ish faoliyati davomida yo`l qo`ygan qo`pol xato va kamchiliklari uchun tarbiyachi va yordamchi tarbiyachisi R.M va A.M bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

 

To Top ↑
To Top ↑