x

Jahon yangiliklari

Oltinchi sinfda o`qiydigan qizlar “Tolibon” hukumati qo`ygan ta'lim cheklovlari tufayli sinfdoshlari bilan abadiy xayrlashganini aytdi.

“Tolibon” afg`onistonlik qizlar uchun o`rta maktab eshiklarini yopganiga 800 kundan oshdi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg`oniston bo`yicha maxsus ma'ruzachisi o`zining yangi hisobotida o`smir qizlar orasida depressiya va o`z joniga qasd qilish fikrlari ko`payganini ma'lum qilgan edi.

Unga ko`ra, ta'limdan chetda qolgan o`smir qizlar o`rtasida ruhiy tushkunlik, o`z joniga qasd qilish fikrlari kuchaygan. Bu muammo bilan birga majburan turmushga berish, bola savdosi kabi holatlar ham ko`payib borayotgani aytilgan. Shuningdek, kamsituvchi va cheklovchi muhit, qo`rquv muhiti va inson huquqlari buzilishi oldida javobgarlik yo`qligi ayollar va qizlarning huquqlarini ro`yobga chiqarishni imkonsiz qilgani ta'kidlangan.

To Top ↑
To Top ↑