x

Rossiyaning Bryansk shahrida 8-sinf o‘quvchisi maktabda otishma sodir etdi. “RIA Novosti”ning yozishicha, otishma 5-sonli gimnaziyada sodir bo‘lgan.

Agentlik suhbatdoshiga ko‘ra, o‘smir qiz maktabga o‘qotar qurol olib kelgan va undan bir necha marta o‘q uzgan. Ma'lum bo‘lishicha, qurol o‘quvchining otasiga tegishli bo‘lgan.

Bryansk maʼmuriyatining xabar berishicha, otishma oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi yaralandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlardan biri o‘t ochgan qizning o‘zi bo‘lishi mumkin. “RIA Novosti” manbasiga ko‘ra, qiz o‘z joniga qasd qilgan.

Ko‘p o‘tmay, Bryansk viloyati Ichki ishlar vazirligi boshqarmasi bayonot e’lon qildi, unda o‘quvchilardan biri gimnaziya binosiga o‘qotar qurol olib kirib, bir nechta o‘q uzgani tasdiqlangan. Boshqarma maʼlumotlariga ko‘ra, uch kishi jarohatlangan. Otishmadan keyin maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qilgan.

Baza Telegram kanali qiz biologiya darsi vaqtida otishma boshlaganini yozdi. U gimnaziyaning to‘rtinchi qavatiga ko‘tarilib, sinfxonaga kirgan va o‘q otishni boshlagan. Kanal ma’lumotlariga ko‘ra, maktab o‘quvchisi ov miltig‘idan o‘q uzgan.

To Top ↑
To Top ↑