x

Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumanida joriy yilning avgust oyida 63 yoshli M.I. ning voyaga etmagan 2015 yilda tug`ilgan Sh.U.ga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgani va uning xatti-harakati jamoatchilik e'tiroziga sabab bo`lgani haqida xabar berilgandi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tuman sudida M. I. (1960 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan, pensioner, muqaddam sudlanmagan) ga oid jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e'lon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tuman sudida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko`rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko`rib chiqildi.

E'lon qilingan sud hukmiga muvofiq M. I. Jinoyat kodeksining 129-moddasi (o`n olti yoshga to`lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 50-moddasi (ozodlikdan mahrum qilish) 6-qismi talabidan kelib chiqqan holda 5 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o`tash belgilandi.

Birinchi instantsiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining apellyatsiya instantsiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma'lum qilingan. 

To Top ↑
To Top ↑