x

Britaniyalik Teddi ismli bola Apple kompaniyasiga ko‘zoynak va tishli tabassumga ega emojini o‘zgartirish talabi bilan chiqdi.

Gap shundaki, bolaning o‘zi ham ko‘zoynak taqib yuradi. Uning fikricha, bunday smayliklar boshqa ko‘zoynak taquvchilarni ham ranjitishi mumkin.

Teddi ushbu emoji o‘zi boshqa ko‘zoynak taqib yuruvchi ko‘plab odamlar “botanik” deb masxara qilinishiga sabab bo‘lishini aytadi. U, shuningdek, smaylikda "quyon tishlar"dan ham voz kechish kerak deb hisoblaydi.

Bolakay Apple kompaniyasi uning taklifiga eʼtibor qaratib, muqobil variantni qabul qilishiga umid bildirgan.

To Top ↑
To Top ↑