UNICEF ijrochi direktori Ketrin Rassel G`azo sektori yana bolalar uchun eng xavfli joyga aylanganini aytdi va mojaro tomonlarini ularni himoya qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga chaqirdi.
"Bugun G`azo yana bolalar uchun eng xavfli joyga aylandi. Qish keldi. Mojaroning barcha tomonlari qayerda bo`lishidan qat'i nazar, barcha bolalarning hayoti va farovonligini himoya qilish uchun qo`lidan kelgan barcha ishni qilishlari kerak. Bundan buyon bu mujaroda bolalar o`lmasligi kerak”, deyiladi Rassellning H ijtimoiy tarmog`idagi (sobiq Twitter) postida.
22 noyabr' kuni Falastinning HAMAS harakati Misr va Qatar vositachiligida Isroil bilan G`azo sektorida to`rt kunlik gumanitar sulh bo`yicha kelishuvga erishgani va u 24 noyabrdan kuchga kirganini e'lon qildi. Kelishuvlar Isroil qamoqxonalaridagi bolalar va ayollarni ozod qilish evaziga anklavda saqlanayotgan bolalar va ayollarni ozod qilishni nazarda tutgan. 1 dekabr' kuni ertalab Isroil mudofaa kuchlari HAMASni sulhni buzganlikda ayblab, G`azo sektorida jangovar harakatlarni qayta boshlaganini ma'lum qildi.
Oktyabr' oyi oxirida UNICEF Isroil armiyasi shiddatli o`qqa tutayotgan G`azo sektorida har kuni 400 dan ortiq bolalar halok bo`lgan yoki yaralangani haqida xabar bergan edi. Jamg`arma vakilining so`zlariga ko`ra, G`azo mohiyatan bolalar qabristoniga aylangan. JSST ma'lumotlariga ko`ra, G`azo sektorida o`rtacha har 10 daqiqada bir bola vafot etadi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq, Rassel G`azo sektoridagi 48 kunlik bombardimon davrida 5300 dan ortiq falastinlik bola halok bo`lganini ma'lum qilgandi.