Mahalliy yangiliklar
Kecha, 25 mart kuni Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayevning ZOOM platformasi orqali fuqarolar murojaatlari bo`yicha navbatdagi onlayn qabuli bo`lib o`tdi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bergan.
Qayd etilishicha, onlayn qabul davomida Zangiota tumanidan fuqaro Sayyora Yunusovaning tumandagi 33-sonli maxsus nogiron bolalar uchun maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatini tiklash bo`yicha talablari qonuniylik jihatdan mutasaddilar ishtirokida tezkor o`rganilgan va xulosalar bayon etilgan.
Matbuot xizmati xabariga ko`ra, viloyat rahbari barcha murojaatlar bo`yicha mutasaddilarga muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan zarur topshiriqlar bergan.