Farg`ona viloyatining Buvayda tumanida sabzi kavlash ishlariga jalb qilingan maktab o`quvchilari YTH sabab vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga farg`onalik jurnalist Sharifa Murod xabar berdi.
Viloyat prokuraturasi axborot xizmati rahbari Jahongir Akbarov YTH voqeasini tasdiqladi. Biroq mazkur voqea tafsilotlari viloyat IIB axborot xizmatida mavjudligini, bugun tongda sodir bo`lgan holat IIB tomonidan o`rganilayotganini qo`shimcha qildi.
Jurnalistning aniqlashtirishicha, Damas avtomobilida sabzi kavlash uchun manzilga yo`l olgan yo`lovchilar — 3 nafar maktab o`quvchisi va 3 nafar ota-ona yuz bergan yo`l-transport hodisasi oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Yana 4 nafar kishi shifoxonaning jonlantirish bo`limiga yotqizilgan, — deydi Sharifa Murod.
Farg`ona viloyat IIB axborot xizmati rahbari Ismoil Sharipov “Daryo”ning mazkur voqea yuzasidan bergan savollariga “aniqlashtiryapmiz”, deya javob berish bilan kifoyalandi.
Manba: daryo.uz