x

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol taxminan 2-6 yoshlar oralig`idagi 3 nafar farzandini yoqib yuborish bilan tahdid qilgani aks etgan  video tarqaldi. Tasvirlarda ayol gilamga to`kilgan suyuqlikni gugurt bilan yoqishga urinayotgani va turli so`zlar bilan farzandlarini haqoratlab, ularning ustidan benzin sepib yoqib yuborish bilan qo`rqitayotganiga guvoh bo`lish mumkin. 

Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi. Unga ko`ra, ushbu voqea Horazm viloyati, Urganch tumanida sodir bo`lgan. Hozirda holatni to`la aniqlash bo`yicha ichki ishlar organlari tomonidan  surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

“Mazkur hodisa Bolalar ombudsmanining alohida nazoratiga olindi. Bolalarga nisbatan bunday jinoiy harakatlar ularning ota-onasi yoki boshqa yaqin qarindoshlari tomonidan sodir etilishidan qat'iy nazar, aybdorlarni qonunda ko`zda tutilgan javobgarlikka tortish choralari ko`riladi”, deyilgan ushbu munosabatda.

Eslatib o`tamiz, joriy yilning 4 noyabr' kuni Yangi Namangan viloyatining Namangan tumanida yashovchi ayol 10 yoshli farzandini ayovsiz kaltaklagani haqida xabar berilgan edi.

To Top ↑
To Top ↑