x

AQShda ta'lim olayotgan o`zbekistonlik talabalar soni 1000 nafardan oshgan. Bu ko`rsatkich o`tgan o`quv yiliga nisbatan 72,6 foizga o`sgan.

 

AQShda o`qiyotgan o`zbekistonlik talabalar soni ming nafardan oshdi.

AQShning O`zbekistondagi elchixonasi xabariga ko`ra, xalqaro ta'lim almashinuvi bo`yicha 2023 yilgi “Ochiq eshiklar” (Open doors) hisobotiga ko`ra, 2022-2023-o`quv yilida AQShda ta'lim olayotgan o`zbekistonlik talabalar soni 1000 nafardan oshgan. Bu o`ziga xos yangi rekord bo`lib, ko`rsatkich o`tgan o`quv yiliga nisbatan 72,6 foizga o`sgan.

2021-2022-o`quv yilida 631 nafar o`zbekistonlik talaba AQSh oliy ta'lim muassasalarida tahsil olgan bo`lsa, 2022-2023-o`quv yiliga kelib, u erda o`qiyotgan o`zbekistonliklar soni 1089 nafarni tashkil etgan.

Ularning 57,2 foizi bakalavriat bosqichiga qabul qilingan, 29,9 foizi magistratura bosqichida o`qigan, 7,9 foizi fakul'tativ amaliy mashg`ulotlarda qatnashgan, 5 foizi esa ingliz tili yoki boshqa qisqa muddatli ta'lim dasturlariga o`qishga kirgan.

O`tgan o`quv yilida AQShdagi xalqaro talabalar soni 1 milliondan oshib, o`tgan yilga nisbatan 14 foizga o`sgan va yangi yuqori ko`rsatkich 1 057 188 talabani tashkil etgan.

To Top ↑
To Top ↑