x

Yagona portal (my.gov.uz)da bolaning tug`ilganlik haqidagi guvohnomasini olish uchun ariza yo`llash xizmati ishga tushirildi.

E'tiborlisi, buning uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi.

Ariza holatini my.gov.uz orqali kuzatish imkoniyati ham bor. Ariza muallifi jarayondan doimiy xabardor bo`lib turadi.

1 ish kunida taqdim etiladigan tug`ilganlik haqidagi guvohnomani esa o`zingiz uchun qulay vaqtda pochta orqali olishingiz mumkin bo`ladi.

Hizmatdan my.gov.uz orqali foydalansangiz 10% arzon to`laysiz: 44550 so`m (0.135 BHM). Pochta to`lovi: 25000 so`m.

Ma'lumot uchun: ushbu davlat xizmatidan ota-ona endi dunyoga kelgan go`daklari uchun ilk bor guvohnoma olishda foydalanishlari mumkin.

Boshqa holatlar uchun my.gov.uz da tug`ilganlik haqida takroriy guvohnoma olishga ariza berish xizmati mavjud.

To Top ↑
To Top ↑