x

Rossiyaning Moskva shahridagi 9-sonli bolalar shahar klinik shifoxonasida 8 yoshli maktab o`quvchisining ichaklaridan kattaligi gol'f to`pidek bo`lgan ikkita soch o`rami olib tashlandi. Bu haqda MASH xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 8 yoshli maktab o`quvchisi qorin og`rig`i va qayt qilish shikoyati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Dastlabki tahlil natijalariga ko`ra, qizaloqning ichaklarida soch tolalari yig`ilib qolgani aniqlangan. 

“Shifokorlar bo`laklarning qanchalik katta ekanini tushunib etgach, laparotomiya qilishga qaror qilgan”, deyiladi xabarda.

Jarrohlar qorin old devorida kichik kesma hosil qilib, birin-ketin ichaklardagi "koptok"larni olib tashlagan. Qizcha sog`ayib ketganidan so`ng bolalar jarrohi, gastroenterolog va nevropatologning ambulator nazorati ostida uyiga javob berilgan. 

“Bu haqda xulosa bergan nevropatologlarning fikricha, qiz og`ir asab kasalligi tufayli soch eyishga odatlanib qolgan bo`lishi mumkin”, deb yozadi MASH.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Qirg`iziston Milliy gospitalida jarrohlar 18 yoshli qizning oshqozonidan 4 kg soch o`ramini chiqarib olgani haqida xabar berilgan edi. Shifokorlar qizda umumiy tekshiruv o`tkazgan va uning butun oshqozon bo`shlig`ini 35 sm o`lchamdagi va taxminan 4 kg og`irlikdagi katta soch o`rami egallab olganini aniqlagan.

To Top ↑
To Top ↑