Mahalliy yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi Toshkent xalqaro investisiya forumidagi nutqida maktabgacha ta’lim muassasalari masalasiga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, mamlakatimizda ta’lim va inson kapitalini rivojlantirishga alohida e’tibor berilayotgani, so‘nggi 5 yilda 21 mingdan ortiq yangi maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etilib, ushbu maskanlarda tarbiya olayotgan bolalar qamrovi avvalgi 27 foizdan 67 foizga ko‘tarilgani qayd etildi. Bundan tashqari, 200 ga yaqin yangi maktablar barpo etildi, 3 mingdan ortiq mavjud maktablar esa rekonstruksiya qilindi va to‘liq jihozlandi.
Shu o‘tgan qisqa davrda 82 ta yangi universitet va institut, jumladan, 23 ta xorijiy oliygoh tashkil etilib, oliy ta’lim dargohlarining umumiy soni 159 taga yetdi. Natijada, maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oldingi 9 foizdan 28 foizgacha yetkazishga erishildi va bu yo‘nalishdagi ishlarimiz davom ettirilmoqda.