Rossiyada qarovsiz qolib ketgan 12 nafar voyaga etmagan O`zbekiston fuqarosi Toshkentga olib kelindi.
Vazirlar Mahkamasining «Horijda ota-onasi qaramog`idan mahrum bo`lgan O`zbekiston fuqarolarining bolalarini O`zbekistonga qaytarish tartibini takomillashtirish to`g`risida»gi qarori va IIVning tegishli farmoyishiga asosan ishchi guruh tuzilgan.
Ishchi guruh a'zolari Rossiyaning turli shaharlarida bolalar qayerda saqlanayotgani, ularning salomatligi qay ahvolda ekanini aniqlab, kerakli hujjatlarni to`plagan.
Safar davomida qabul qilib olingan bolalarning har biri SSV xodimlari tomonidan tibbiy ko`rikdan o`tkazildi va ular vatanga olib kelindi. Bu ishlarni amalga oshirishda O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi yordam bergan.
Turli sabablar bilan qarovsiz qolib ketgan 12 nafar bola Toshkent shahar IIBBning voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko`rsatish markaziga va mehribonlik uylariga joylashtirildi, bolalarga malakali psixologlar yordam ko`rsatadi.
Olib kelingan bolalarning yaqinlarini topish, ularga sog`-salomat topshirish ishlari boshlangan.