2024 yilda xususiy sektorda ishlovchi ayollarning homiladorlik va tug`uruq nafaqalari miqdorini 3 barobarga qisqartirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 2024 yil uchun mo`ljallangan davlat byudjeti loyihasida aytib o`tilgan.
Gap shundaki, 2023 yilgi davlat byudjetidan xususiy sektordagi homilador ayollarga homiladorlik va tug`ish nafaqalari uchun 300 milliard 700 million so`m ajratilishi rejalashtirilgan. 2024 yilda esa bu ko`rsatkich 100 milliard so`m etib belgilangan.
Bildirilishicha, bunga 2023 yil uchun ajratilgan mablag`ning 50 foizi o`zlashtirilishi rejalashtirilgani sabab bo`lishi mumkin. Ya'ni xususiy sektorda ishlovchi ayollarning barchasi ham nafaqa pul olmagan.
“Taxminimcha, xususiy sektorda ishlaydigan ayollarning katta qismi mehnat shartnomasisiz ishlaydi. Keyin byurokratiya. Pulni olish uchun korxona buxgalteri topshirishi kerak bo`lgan hujjatlar bor, erinib, shuni qilmasa kerak”, deb yozdi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G`aniyev o`zining H sahifasida.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrug`i bilan shaxslarni ishsiz deb e'tirof etish va ularga ishsizlik nafaqasini tayinlash bo`yicha elektron davlat xizmatini ko`rsatish to`g`risidagi reglament tasdiqlangandi. Unga ko`ra, bola ikki yoshga to`lguniga qadar uni parvarish qilayotgan, ishlamayotgan ayollar ishsiz, deb e'tirof etilishi mumkin.