x

«O`zbekistonning qadimiy shahri Samarqand 26-30 dekabr' kunlari FIDE tomonidan o`tkaziladigan tezkor shaxmat – rapid va blits bo`yicha 2023 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Besh kun davom etadigan ushbu turnirda jahonning eng yaxshi shaxmatchilari rapid va blits bo`yicha jahon chempioni unvoni uchun kurashadi.

«FIDE O`zbekistonning shaxmat bo`yicha boy an'analarini qadrlaydi va bu mamlakatning shaxmat bo`yicha etakchiga aylanayotganini e'tirof etadi. Shaxmatga bo`lgan e'tibor bizni ushbu nufuzli musobaqani o`tkazishni O`zbekistonga ishonib topshirishimizga sabab bo`ldi», - deydi Butunjahon shaxmat federatsiyasi prezidenti Arkadiy Dvorkovich.

«2026 yilgi shaxmat olimpiadasiga ham O`zbekiston mezbonlik qiladi. Tezkor shaxmat bo`yicha jahon chempionati mezbonligi ham ushbu yirik musobaqa tayyorgarligiga katta turtki bo`ladi», - deya Dvorkovichning so`zlarini keltirgan FIDYe matbuot xizmati.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston 2022 yilning eng yaxshi shaxmat mamlakati deb e'lon qilinib, Nodirbek Abdusattorov hamda Javohir Sindorov «Tour D'or» - «Oltin minora» sovrinini qabul qilib olishgandi.

To Top ↑
To Top ↑