x

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida, Statistika agentligiga ko`ra, O`zbekistonda qayd etilgan nikohlar soni 184 461 tani tashkil etgan. Bu o`tgan yilning mos davriga nisbatan 6,3 foizga kam deganidir.

Hisobot davridagi nikohdan ajralishlar soni esa 37 654 tani tashkil etgan. Bu borada esa mazkur raqamlarning o`tgan yilga nisbatan 3,3 foizga ortgani qayd etilmoqda.

Joriy yilning 9 oyida 1000 ta nikohga to`g`ri keladigan ajralishlar, ya'ni nikoh mustahkamligi koyeffitsiyenti 204,1 promilleni tashkil qiladi.

Ma'lumot uchun, 2023 yil 1 oktyabr holatiga O`zbekistonda doimiy aholi soni 36 mln 599,8 ming kishini tashkil etadi. Shundan erkaklar soni 18 mln 422,9 ming kishini, ayollar soni esa 18 mln 176,9 ming kishini, shuningdek, shahar aholisi soni 18 mln 667,2 ming kishini, qishloq aholisi soni 17 mln 932,6 ming kishini tashkil etadi.

To Top ↑
To Top ↑