O`zbekistonja mavjud 10 118 ta maktabning 6 807 tasi yoki 67,3 foizi ko`mir yoqilg`isida isitiladi.
Bu haqda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi xodimi Dilfuza Sobirova ta'lim muassasalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi ma'lumotlarida keltirib o`tmoqda.
Shuningdek, jami maktablarning 3 284 tasi (32,5 foizi) tabiiy gazda, 23 tasi (0,2 foizi) suyuq yoqilg`ida va 4 tasi elektr energiyasida isitiladi.
Qayd etilishicha, maktablarga joriy yil kuz-qish mavsumi uchun 202,9 ming tonna ko`mir etkazib berildi (rejadagi ta'minot 100 foiz bajarilgan).
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun esa 58,1 ming tonna ko`mir yoqilg`i mahsulotlari jamg`arilishi belgilangan va ayni vaqtda bu boradagi ishlar ham to`liq tugallangan.
Dilfuza Sobirovaga ko`ra, Prezidentning 2023 yil 16 fevraldagi 57-son qarori bilan bu yil 4 491 ta maktab va bog`chalarning lokal isitish tizimlari ko`mir yoqilg`isiga o`tkazilishi kerak edi. Hozirga qadar mahalliy hokimliklar tomonidan 926 ta maktab va 1 161 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlarining isitish tizimlari gazdan ko`mir yoqilg`isiga o`tkazilgan.