x

Mahalliy yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda hokim o`rinbosarining o`g`li voyaga etmagan qiz bilan g`ayritabiiy usulda jinsiy aloqa qilgani haqida xabar va video tarqaldi. O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur holat bo`yicha rasmiy ma'lumot berdi.

Aniqlanishicha, tuman hokimi o`rinbosari D.H.ning o`g`li I.Sh. va uning sherigi M.A. o`zaro jinoiy til biriktirib, o`tgan yili 11 may kuni soat taxminan 22:00 da 16 yoshga to`lmagan O.I. ni (2007 yilda tug`ilgan) boshqaruvida bo`lgan Nexia-3 mashinasida Andijon shahriga olib ketgan. Paxtaobod tumaniga qaytishda esa mashina salonida 16 yoshga to`lmaganini bilgan holda O.I.ga turli uyatsiz buzuq harakatlar qilgan.

Mazkur holat bo`yicha 2021 yil 11 iyunda Paxtaobod tuman IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Paxtaobod tumani sudining o`tgan yil 30 avgustdagi hukmiga ko`ra, I.Sh. va M.A. Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilib, 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Jinoyat ishi 2021 yil 9 dekabrda Jinoyat ishlari bo`yicha Andijon viloyati sudi tomonidan apellyatsiya tartibida ko`rib chiqilib, birinchi instantsiya sudi hukmi o`zgarishsiz qoldirilgan.

Mazkur jinoyat ishi Oliy sud tomonidan nazorat tartibida ko`rib chiqilib, apellyatsiya instantsiyasi ajrimi bekor qilinib, jinoyat ishi birinchi instantsiya sudida qayta ko`rish uchun Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudiga yuborilgan.

Hozirda jinoyat ishi Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudi tomonidan ko`rib chiqilmoqda.

Ma'lumot uchun, JKning 129-moddasiga muvofiq shaxsning 16 yoshga to`lmaganligi aybdorga ayon bo`lgan holda, unga nisbatan zo`rlik ishlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish:

•    360 soatgacha (ilgari – 300 soatgacha) majburiy jamoat ishlari;
•    yoki 1 yildagi 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
•    yoki 1 yildan 2 yilgacha (ilgari – 1 yilgacha) ozodlikni cheklash;
•    yoki 1 yildan 2 yilgacha (ilgari – 1 yilgacha) ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O`sha harakatlar zo`rlik ishlatib yoki qo`rqitib sodir etilgan bo`lsa:

•    2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
•    yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
•    yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

To Top ↑
To Top ↑