Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`an halok bo`lgan falastinliklar xotirasiga mamlakatda 19–21-oktyabr kunlari uch kunlik motam e'lon qilish to`g`risidagi farmonni imzolagan edi.
"Turkiya falastinlik birodarlar boshidan o`tkazgan kunlar uchun yuragida ulkan og`riqni his qilmoqda. Aksariyati bolalar va hech bir aybi bo`lmagan tinch aholi vakillari bo`lgan minglab shahidlar xotirasi mamlakatimizda uch kunlik milliy motam e'lon qilinadi", — degan prezident.